Andijon viloyat IIB jinoyatchilikka qarshi kurashni "yangicha ishlash" tizimi asosida olib boradi

© AP Photo / Mikhail MetzelO‘zbek militsiya xodimlari
O‘zbek militsiya xodimlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi yo‘nalishda tashkil etilgan xizmat viloyatning barcha shahar-tumanlarida ham faoliyat ko‘rsatadi

TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. Andijon viloyat Ichki ishar boshqarmasi mahalla bilan hamkorlikda "yangicha ishlash" tizimi asosida faoliyatni yo‘lga qo‘ydi, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.

Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston IIV tizimida yangi rahbarlar tayinlovi amalga oshirildi
Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi mahalla bilan hamkorlikda huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish borasida "yangicha ishlash" tizimi faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.

"Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi markaziy apparati xodimlari profilaktika xizmati xodimlariga yaqindan yordam berish va "yangicha ishlash" tizimini faoliyatini tashkillashtirishda ko‘maklashishi maqsadida Andijon shahar xududida joylashgan 83 ta mahallaga biriktirildi", — deyiladi xabarda.

Profilaktika inspektorlari mahalla posboni, fuqarolar yig‘inlarining faollari va jamoatchilik vakillari bilan har bir mahallalarga kirish joylarida, aholi ko‘p to‘planadigan va savdo komplekslari atroflarida tashkil etilgan "mahalla post"larida xizmat olib borishmoqda.

Yangi yo‘nalishda tashkil etilgan xizmat viloyatning barcha shahar-tumanlarida ham faoliyat ko‘rsatadi, deb ta’kidlangan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0