TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Tojikistonning Tog‘li-Badaxshon avtonom okrugida kuchli sel kelishi oqibatida 10ta uyni suv bosdi va Ko‘lobdan Xitoyga boruvchi yo‘lning bir qismi vayron bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston nashri Tojikisto FV qo‘mitasi xabariga asosan.
“Havo haroratining keskin oshishi (+45 gradus) natijasida tog‘lardagi muzliklar erishi tezlashdi va sel keldi. Tog‘li-Badaxshon avtonom okrugi Darvaz tumanining Nulvand qishlog‘ida 10dan ortiq uy suv ostida qoldi”, — dedi navbatchi xodim.
Uning aytishiga qaraganda sel oqimi Panj darosining to‘sib qolgan va Dushanbe – Ko‘lob – Kulma (Xitoy) yo‘lining bir qismi ham suv ostida qolgan. Qo‘mita xodimi aytishiga qaraganda qurbonlar bo‘lmagan. Tabiiy ofat qo‘shni Xostav qishlog‘iga ham xavf solmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oxirg bir hafta davomida Tojikistonning bir necha viloyatlarida sel oqimi o‘nlab uylarni vayron qildi. So‘g‘d viloyatining Ovchi qishlog‘ida 25ta uy, Panjikent tumanining Amondara qishlog‘ida 70 uy buzildi. Tabiy ofat sodir bo‘lgan barcha hududlarda FV qo‘mitasi va mahalliy boshqaruv organlari vakillari yetkizilgan zararni hisoblamoqda va aholiga yordam ko‘rsatmoqda.