Bishkek shahrining Jibek Jolu shohko‘chasida joylashgan masjid 3,5 gektar maydonni egallagan. Masjid qurilib bitganidan keyin u yerda bir vaqtning o‘zida 10 ming kishi namoz o‘qishi mumkin bo‘ladi. Masjidning asosiy gumbazini o‘rab turgan 4 minoraning har birining balandligi 64 metrni tashkil qiladi.
Masjid Turkiya muftiyati ko‘magida qurilmoqda. Yangi masjid nimasi bilandir Turkiyadagi qadimiy Sultonaxmet va Aya Safiya masjidlarini eslatadi.