Rishtonda yangicha shakldagi milliy mehmonxona ishlamoqda

© uzbektourism.uzV Rishtane otkrilas gostinitsa-masterskaya
V Rishtane otkrilas gostinitsa-masterskaya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu yerda tayyor kulolchilik buyumlaridan iborat san’at galereyasi joylashgan

TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Rishton markazida "Said's ceramics" oilaviy korxonasi va mehmonxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Mehmonxonaning nomlanishi Rishton kulolchiligi bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘p yillik tarixni o‘zida aks ettiradi, deb yozadi O‘zbekiston turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.

Mehmonxonaning kirish qismida "Karvon" manzarasi va gullar bilan bezatilgan katta xum-vaza e’tiborni tortadi. Bu yerda tayyor kulolchilik buyumlaridan iborat san’at galereyasi joylashgan.

© uzbektourism.uzBu yerda mahorat darslari ham o‘tkaziladi
V Rishtane otkrilas gostinitsa-masterskaya - Sputnik O‘zbekiston
Bu yerda mahorat darslari ham o‘tkaziladi

Tashrif buyuruvchilar loydan peshtoqqacha bo‘lgan to‘liq ishlab chiqarish jarayonining guvohi bo‘lishlari mumkin. Istakka qarab o‘quv-mahorat darslari ham o‘tkaziladi.

Mehmonlar bu yerda o‘zbek xalqining urf-odat va an’analari, boy o‘zbek oshxonasi bilan yaqindan tanishishlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0