27 nafar davlat notariusiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan - Adliya vazirligi

© fotoliaSimvoli zakona i pravosudiya
Simvoli zakona i pravosudiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Adliya vazirligi va hududiy adliya boshqarmalari tomonidan davlat notarial idoralari xodimlari mehnat va ijro intizomiga rioya qilinishining umumiy ahvoli bo‘yicha 312 marotaba reydlar o‘tkazilgan

TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. 2016-yilda respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan notarial idora xodimlarining 150 nafariga nisbatan, ya’ni 130 nafariga hayfsan, 22 nafariga jarima intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan hamda 5 nafari egallab turgan vazifasidan ozod qilingan. Bu haqda Adliya vazirligining axborot xizmatiga tayanib UZ24 xabar qilmoqda.

Adliya vazirligi va hududiy adliya boshqarmalari tomonidan davlat notarial idoralari xodimlari mehnat va ijro intizomiga rioya qilinishining umumiy ahvoli bo‘yicha 312 marotaba reydlar o‘tkazilgan va aniqlangan kamchiliklar yuzasidan 67 nafar davlat notarial idora xodimlariga nisbatan tegishli intizomiy javobgarlik choralari qo‘llanilgan.

27 nafar davlat notarial idoralari notariuslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Yangiliklar lentasi
0