TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. O‘zbekistonliklar 17-iyundan 2-iyulgacha Rossiyada bo‘lib o‘tgan Konfederatsiyalar kubogiga eng ko‘p kirgan futbol muxlislari safidan o‘rin olishdi, deb xabar berdi Rossiya kommunikatsiya vazirligi.
Ishqiboz pasporti yoki FAN ID rasmiylashtirish uchun 480 mingdan ortiq kishi ariza berdi. Barcha pasportlarning 90%iga rossiyaliklar buyurtma berishdi. Xorijlik futbol ishqibozlari orasida eng vakillar Chili, Meksika, Ukraina, Germaniya, O‘zbekistondan bo‘lishdi. Keyingi o‘rinlarni Belarus, Qozog‘iston, AQSh, Xitoy, Nigeriya, Angliya, Armaniston va Tojikiston egalladi. Turnirga jami bo‘lib 100dan ortiq mamlakatdan futbol muxlislari tashrif buyurishdi.
Konfederatsiyalar Kubogi 2017 musobaqasida Rossiya, Germaniya, Avstraliya, Chili, Meksika, Yangi Zelandiya, Portugaliya va Kamerun terma jamoalari qatnashdi. Germaniya terma jamoasi musobaqa g‘olibi bo‘ldi.