Dunyoda

"Katta yigirmatalik" sammiti: AQSH, Rossiya va Xitoy nimani muhokama qiladi?

© REUTERS / Axel Schmidt / AQSH prezidenti Donald Tramp va birinchi xonim Melanya Tramp, Gamburg aeroportida - 6 iyul, 2017
AQSH prezidenti Donald Tramp va birinchi xonim Melanya Tramp, Gamburg aeroportida - 6 iyul, 2017 - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Gamburgdagi "Katta yigirmatalik" sammiti bugun va ertaga davom etadi. G20 yetakchilari eng muhim siyosiy va ijtimoiy muammolarni muhokama qiladilar. Kuni kecha Gamburg ahli bu uchrashuvga nisbatan oʻz munosabatini namoyish qildi - shahardagi Sankt-Pauli dahasida ommaviy tartibsizliklar roʻy berdi: yuzlab odamlar, shu jumladan huquq-tartibot xodimlari yaralandi

TOSHKENT, 7 iyul — Sputnik. Bugun Germaniyada oʻn ikkinchi G20 sammitining ochilish marosimi boʻlib oʻtadi. Dunyo davlatlari yetakchilari ikki kun davomida eng dolzarb siyosiy va ijtimoiy muammolarni muhokama qiladilar.

Kuni kecha Gamburg ahli bu uchrashuvga nisbatan oʻz munosabatini namoyish qildi — shahardagi Sankt-Pauli dahasida ommaviy tartibsizliklar roʻy berdi: yuzlab odamlar, shu jumladan, huquq-tartibot xodimlari yaralandi. Tungi tanaffusdan soʻng isyonchilar yana politsiyachilar toʻsigʻini yorib oʻtishga urinishmoqda.

"Rasmiy uchrashuvga yarim soat vaqt qolgan, norozilik namoyishchilari soni esa tobora ortmoqda", — deb xabar qildi RIA Novosti.

Ayni vaqtda "Katta yigirmatalik" yetakchilari Gamburgga yetib kelishgan.

Jumladan, Rossiya prezidenti Vladimir Putin dunyo yetakchi rahbarlari bilan oʻnga yaqin ikkiyoqlama uchrashuvlar oʻtkazishni rejalashtirmoqda. Putin AQSH prezidenti Donald Tramp bilan ham sammitda birinchi marta "salomlashishi" allaqachon barcha OAVlarda aytib oʻtildi.

© Sputnik / Mixail Klimentyev /  / Mediabankka oʻtishPrezident RF V. Putin prinimayet uchastiye v sammite "Gruppы dvadtsati" v Gamburge
Prezident RF V. Putin prinimayet uchastiye v sammite Gruppы dvadtsati v Gamburge - Sputnik Oʻzbekiston
Prezident RF V. Putin prinimayet uchastiye v sammite "Gruppы dvadtsati" v Gamburge

G20 sammitida 20 mingga yaqin politsiyachi xavfsizlik uchun javob beradi.

Hozirgacha olingan maʼlumotlarga koʻra, AQSH prezidenti Donald Tramp sammit ochilishi oldidan dunyo yetakchi rahbarlari bilan uchrashuvni sabrsizlik bilan kutayotganini maʼlum qilgan.

Yangiliklar lentasi
0