TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Toshkent haydovchilari jazirama kunlarda piyodalarni manzillarga yetkazish bo‘yicha xayrli aksiyani yo‘lga qo‘ymoqchi. Bu haqda Facebookdagi «Voditeli Tashkenta» guruhida ma’lum qilindi.
Ushbu guruhda aksiya tashkilochilari quyidagi mazmunda post yozib qoldirishgan:
"Qadrli guruhimiz a’zolari, ko‘chalarda jarima issiq kunlarda odamlar yurak xuruji, oftob yoki issiqlik urishi, hushidan ketish va shunga o‘xshagan holatlar ko‘p sodir bo‘lmoqda. Haydovchilar avtobus bekatlarda turgan yoki ko‘chalarda ketayotgan yoshi katta kishilarni, shu jumladan homilador ayollar va yosh bolasi bo‘lgan ayollarni avtomashinalar olib, yo‘l-yo‘lakay manzillariga yetkazishni taklif qilaman. Bu qiyin ish emas, bu ezgu amal bilan kimningdir hayotini saqlab qolamiz".
Haydovchilardan ayrimlari allaqachon bu ishni boshlab yuborishgan haqida aytganlar:
"Bugun men bir ayolni bolasi bilan shifoxonaga tashlab qo‘ydim. Boshida ushbu ayol mashinamga o‘tirishni xohlamadi. Mashinamda boshqa odamlar o‘tirganini ko‘rib, keyin rozi bo‘ldi"- deb izoh qoldirgan guruh a’zolaridan biri.
Lekin guruhi a’zolarining ushbu aksiyasiga shubha bilan qarayotganlar ham bor.
"Ko‘pchilik begona mashinaga o‘tirishga qo‘rqadi, ayniqsa bepul olib borish taklif qilinganda"- deb izoh qoldirgan internet foydalanuvchilaridan biri.
Ammo «Voditeli Tashkenta» guruh a’zolarining aksariyati piyodalarga yordam berish kerakligini qo‘llab-quvvatlashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston FVV O‘zbekiston fuqarolariga jaziramadan saqlanish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini bergan edi. O‘zbekistonliklarga vazirlik eng issiq kunlarda ko‘proq suv ichishni, 12-00-16-00 ko‘chaga chiqmaslikni va ayniqsa quyosh tagida yurmaslikni, ertalab va kechqurun ko‘proq harakat qilish va issiq kunlarda ko‘proq sovuq taomlar iste’mol qilishni tavsiya etgan edi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.