O‘zbekiston 2030-yilga kelib daromadi o‘rtadan yuqori mamlakatga aylanadi - Jahon banki

Obuna bo‘lish
Jahon bankining O‘zbekistondagi vakili so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston va bank orasidagi hamkorlik mamlakatda tadbirkorlik, sarmoyalar uchun qulay sharoit yaratib respublikaning xalqaro bozorda raqobatbardoshligini oshiradi.

TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi 2030-yilga kelib daromadi o‘rtadan yuqori bo‘lgan mamlakatga aylanadi, dedi Jahon bankining O‘zbekistondagi vakili Xideki Mori, bankning rasmiy saytida e’lon qilingan intervyuda.

"O‘z tajribasini, bilim va moliya manbaalarini ishlatgan holda Jahon banki O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishiga, aholi turmush darajasini ko‘tarishga  o‘z hissasini qo‘shishga tayyor. O‘zbekiston ildam rivojlanib boradi va  2030-yilga kelib daromadi o‘rtadan yuqori bo‘lgan mamlakatlar qatoriga qo‘shiladi", — dedi u.

Xideki Mori aytishiga qaraganda, Jahon bankining O‘zbekiston bilan hamkorligi mamlakatning 2017-2021 yilga qadar belgilangan rivojlanish strategiyasi asosida yotadi.

Uning so‘zlariga qaraganda, Bank bilan hamkorlik qilish O‘zbekistonda tadbirkorlik va sarmoya muhitini yaxshilab, mamlkatning xalqaro maydonda raqobatbardoshligini kuchaytirish mumkin.

Ayni damda xalqaro tashkilot O‘zbekiston bilan qishloq xo‘jaligi, energetika, suv manbaalari, transport, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida hamkorlik qilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0