Kamilovdan "zapret"ni yo‘qotishda yordam berishni so‘rashdi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishMigrant
Migrant - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston TIV rahbari Rossiya tomonidan O‘zbekiston fuqarolariga qo‘yilgan "zapret"ni qanday qilib oldirib tashlash mumkinligini tushuntirdi

TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Xalqaro press-klubda o‘tkazilgan jonli muloqot davomida O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovga Buxorodan murojaat bo‘ldi.

O‘zbekiston fuqarosi vazirga Rossiyaga borishga qo‘yilgan ta’qiqni qay tarzda oldirib tashlash mumkinligi haqida savol berdi hamda bu borada amaliy yordam ko‘rsatishni iltimos qildi.

Migrantlar - Sputnik O‘zbekiston
Kamilov deportni qanday qilib bekor qilish mumkinligini aytdi
"2016-yilda Rossiyadan qaytganman. 2017-yilda menga aeroportda "senga "zapret" qo‘yilgan" deb aytishdi. Menga amaliy yordam bering", — dedi u.

Abdulaziz Kamilov bu savolga javoban ta’qiqni oldirib tashlash uchun Rossiya Federatsiyasining o‘zida sud qarori chiqishi kerakligini ta’kidladi.

"Biz iltimos qilganimiz bilan iltimosimiz o‘tmaydi", — tushuntirdi vazir.

"Sizning arizangiz Rossiya sudigacha yetib borishi kerak, buning uchun advokat yollashingiz kerak bo‘lar", — qo‘shimcha qildi Kamilov.

Hamda agar fuqaro arizani O‘zbekiston TIVga yuborsa, mahkama advokat yollab, Rossiya tomonga ushbu arizani yuborishda yordam ko‘rsatishga tayyor ekanligini bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0