Mirziyoyev O‘zbekiston Mudofaa vaziri o‘rinbosarini ishdan oldi

Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan shuningdek, Uy-joy komunnal xizmat ko‘rsatish vaziri ham o‘z egallab turgan lavozimidan ketdi

TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan Respublika Mudofaa vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi, deb xabar qildi O‘zbekiston prezidenti matbuot-xizmati.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Prezident amaldorlarni yana bir bor qattiq tanqid qildi - iste’folar kutilmoqda
"O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyuldagi PQ-3113-son qaroriga muvofiq Saliyev Muzaffar Xoldarbayevich boshka ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi", — deyiladi xabarda.

Shuningdek, Iskandarov Erkin Buriyevich O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri lavozimidan ozod etilgan.

Yangi uy-joy komunnal xizmat ko‘rsatish vaziri etib sobiq Mudofaa vaziri o‘rinbosari Saliyev Muzaffar Xoldarbayevich tayinlangan.

Bekzot Mardonovich Mavlonov esa O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Murotjon Berdialiyevich Azimov esa O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan va shu munosabat bilan Bosh prokuror o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan.

Yangiliklar lentasi
0