TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. GM Uzbekistan kompaniyasi shu yilning oktabrida UzAutoFriend portalini ishga tushirishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda UzNews.uz.
Bu haqda kompaniyaning rejalashtirish va muvofiqlashtirish direksiyasi boshlig‘i Alisher Komilov Andijonga amalga oshirilgan press-tur davomida ma’lum qilgan.
Portalda mashina sotib olish uchun elektron navbat olish, navbat siljishini kuzatish, avtomobillarning texnik xususiyatlari bilan tanishish hamda xaridorlarning fikrlari bilan tanishish mumkin bo‘ladi.
Kelgusida sayt bilan birgalikda avtomobillarni onlayn rejimida sotib olish imkoniyatini beruvchi mobil ilovani ham ishga tushirish rejalashtirilgan.
Portalning sinov talqini shu yilning avgustida ishga tushishi mo‘ljallangan.