Avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi

© Sputnik / Vladimir FedorenkoPidjak na kresle
Pidjak na kresle - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vaxid Validjanovich Ismailov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi

TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘i Vaxid Validjanovich Ismailov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining rasmiy veb saytida xabar qilindi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Prezident amaldorlarni yana bir bor qattiq tanqid qildi - iste’folar kutilmoqda

Xabarga ko‘ra, Vaxid Validjanovich Ismailov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston prezidentining 2017-yil 5-iyuldagi PQ-3111-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.

Eslatib o‘tamiz,Vazirlar Mahkamasining ayrim komplekslarining faoliyati yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda Avtomobil va daryo transporti agentligi rahbari egallab turgan lavozimiga noloyiq ekani qayd etilib, ushbu tizimni tubdan qayta ko‘rib chiqish lozimligi ta’kidlangandi.

Yangiliklar lentasi
0