Toshkentda avtomobil salonidan 4,5 mln so‘m o‘g‘irlagan retsidivist ushlandi

© AP Photo / Mikhail MetzelSotrudnik militsii osmatrivayet avtomobil
Sotrudnik militsii osmatrivayet avtomobil - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Olmazor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan qo‘lga olingan shaxsga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Muqaddam sudlangan Normuhammad Metniyazov Olmazor tumani hududida "Matiz" rusumli avtomashina qarovsiz qoldirilganligidan foydalanib, uning salonidan 4,5 million so‘m pulni o‘g‘irlagan.

© GUVD TashkentaNormuhammad Metniyazov
Metniyazov Normuxammad - Sputnik O‘zbekiston
Normuhammad Metniyazov

Mazkur holat yuzasidan, Olmazor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik, ya’ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Jabrlanuvchining anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiyasi va ismining har qanday o‘xshashligi tasodifiy xarakterga ega.

Yangiliklar lentasi
0