O‘zbekistonda rekord darajadagi issiq havo saqlanib turadi

© BnBAnomalnaya jara
Anomalnaya jara - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Respublika bo‘yicha havo harorati o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlaridan 4-6 darajaga yuqori bo‘lgan juda issiq ob-havo saqlanib turadi

TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. O‘zbekistonning qator viloyatlarida havo harorati 45 darajagacha ko‘tarilishi mumkin, deb xabar bermoqda O‘zgidromet.

Xabarda aytilishicha, 6-iyul kuni Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 24-26, kunduzi 39-41 daraja bo‘ladi.

Jazirama - Sputnik O‘zbekiston
FVV jaziramadan saqlanish bo‘yicha tavsiyalar berdi

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 25-30, kunduzi 40-45 darajaga chiqadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 25-30, kunduzi 40-45 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27, kunduzi 38-43 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 25-30, kunduzi 40-45 darajagacha yetadi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27o, kunduzi 38-43 daraja bo‘ladi.

Fontan v gorode Xudjand, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Saraton keldi: havo harorati 45 darajaga chiqishi kutilmoqda

Respublikaning tog‘li hududlarida ham havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20, kunduzi 28-33 daraja bo‘ladi.

5-10 iyulda O‘zbekiston hududlariga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan issiq va quruq havo kirib kelishi davom etadi. Shu davr mobaynida Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida garmsel bo‘lishi mumkin.

Harorat fonining ko‘tarilishi hisobiga Tojikiston va Qirg‘iziston hududlaridan respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida muzli sel toshqinlari o‘tishi mumkin.

Respublika bo‘yicha havo harorati o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlaridan 4-6 darajaga yuqori bo‘lgan juda issiq ob-havo saqlanib turadi.

Yangiliklar lentasi
0