O‘zbekiston delegatsiyasi Issiqko‘l viloyatiga tashrif buyurdi

© Sputnik / Vladislav Ushakov / Mediabankka o‘tishIssiq-Ko‘l
Issiq-Ko‘l - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kuni kecha o‘n yil ichida birinchi marta Toshkent-Tamchi reysi amalga oshirildi. Ikki yuzga yaqin o‘zbekistonliklar Issiq-Ko‘lga borishdi. Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston delegatsiyasining Issiq-Ko‘lga tashrifi doirasida muhokama qilingan mavzular haqida axborot berdi

TOShKENT, 5-iyul — Sputnik.  2017-yilning 4-iyul kuni "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasining "Toshkent-Tamchi-Toshkent" yo‘nalishi bo‘ylab birinchi mavsumiy charter reysining amalga oshirilishida ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi Qirg‘iziston Respublikasining Issiqko‘l viloyatiga tashrif buyurdi, deb xabar qildi Tashqi ishlar mahkamasi axborot xizmati.

Chegarachi chegarada - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasini belgilash bo‘yicha muzokaralar samarali yakunlandi - TIV
Qayd etilishicha, Tamchi shahriga tashrif doirasida Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Dinara Kemelova boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgan.

"O‘zbekiston bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish va yanada mustahkamlash Qirg‘iziston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu yondashuv so‘nggi vaqtlarda bo‘lib o‘tgan barcha yuqori va oliy darajalardagi, jumladan Andijon, Farg‘ona, Jalolobod, O‘sh shaharlarida chegaradosh viloyatlar vakillari o‘rtasidagi uchrashuvlar mobaynida yaqqol namoyon bo‘ldi", deb aytgan Dinara Kemelova.

Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi Qirg‘iziston Savdo-sanoat palatasining katta vitse-prezidenti Amagenldi Davletov va madaniyat, axborot va turizm vaziri o‘rinbosari Azamat Jamanqulov bilan muzokaralar o‘tkazilgan. Muzokalarda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlnatirishning aniq yo‘nalishilari muhokama qilingan.

Yangiliklar lentasi
0