BMT: 21-asr oxirida barcha sobiq Ittifoq respublikalari aholisi kamaya boshlaydi

Obuna bo‘lish
BMT ekspertlari Yer sharida 2100-yilga qadar aholi soni o‘zgarishini tahlil qilib chiqib noxush xulosalarga kelishdi.

TOShKENT, 5-iyul — Sputnik, Anton Kurilkin. BMT Iqtisodiy va Ijtimoiy departamentining Iyun oyining boshida chop etilgan hisoboti bir necha kutilmagan xulosalarga olib keldi. Sputnik hisobotni tahlil qilib, sobiq Ittifoq aholi sonida qanday o‘zgarishlar kutilayotgani bilan qiziqdi.

SSSR tarqalib ketgan 1991-yildan 2017-yilga qadar sobiq Ittifoq respublikalarida aholining o‘rtacha yoshi 66,6 yoshdan 71,2 yoshgacha o‘sdi. Buning asosiy sababi – hayot sifatining yaxshilanishidir.

Xuddi shunday holat dunyoning barcha mamlakatlarida kuzatilmoqda. Dunyo xavfsizroq, yashash sharoitlari qulayroq bo‘lib borayotgani tufayli butun dunyo aholisining soni va o‘rtacha yoshi o‘smoqda. Lekin ushbu o‘zgarishlarning ikkinchi tomoni ham bor. Aholining o‘rtacha yoshi ortib borishi bilan, tug‘ilish ham kamayib bormoqda. Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, Yer sharida 2050-yilga kelib yoshi 80dan katta bo‘lgan aholi soni 3 baravarga oshar ekan.

Xo‘sh sabab nimada?

Bugun Yer sharida aholi soni tez o‘sib bormoqda. 2017-yilda Yer shari aholisi 7,55 milliard kishiga yetadi. Bunga bir tomondan aholi umri uzayib (71,9 yosh) borayotgani ikkinchi tomondan esa, tug‘ilishlar soni (bir ayolga 2,47 bola) ortib borayotgani sabab bo‘lmoqda.

Shu bilan bir vaqtda aksariyat Ittifoq respublikalarida aholi soni qisqarib bormoqda. Ayniqsa Latviya, Litva, Moldova va Ukrainada vaziyat xavfli. Faqat O‘rta Osiyo va Ozarbayjonda aholi o‘sishi kuzatilmoqda.

Sovet Ittifoqi yillarida aksariyat respublikalar aholisi soni o‘sib kelayotgan edi. 1990-yillarda sobiq SSSR aholisi soni keskin kamayib bordi. 2000-yillar boshida faqat O‘rta Osiyo va Ozarbayjonda aholi o‘sishi kuzatildi.

© SputnikNaselenie Zemli v 2017 godu
Naselenie Zemli v 2017 godu - Sputnik O‘zbekiston
Naselenie Zemli v 2017 godu

2050 yilda aholi soni kamayish boshlanadi

21 asr o‘rtasiga kelib sobiq Ittifoq respublikalarida demografik vaziyat yomonlashib boradi. Sobiq Ittifoq hududida aholi soni 2,2 millionga qisqaradi. Aholining o‘rtacha yoshi esa 77 yoshni tashkil qiladi. Eng uzoq umr ko‘ruvchilar Estoniyada – 89,7 yosh eng qisqa umr ko‘ruvchilar esa Turkmanistonda – 71,6 yoshgacha yashaydi.

BMT hisobotiga ko‘ra 2050-yilga qadar O‘rta Osiyo va Ozarbayjonla aholi soni o‘sishda davom etadi, lekin undan keyin Yevropa aholisi singari qisqara boshlaydi.

O‘sha vaqtga kelib Yer sharida aholi soni 9,7 mlrd kishini tashkil qiladi. Eng ko‘p aholi — Osiyoda yashaydi.  Aholi soni bo‘yicha Hindiston Xitoydan ham oshib ketadi. Uchinchi o‘rinni esa AQSh o‘rnida Nigeriya egallaydi. Rossiya aholi soni bo‘yicha 15 o‘ringa tushadi.

© SputnikNaselenie Zemli v 2050 godu
Naselenie Zemli v 2050 godu - Sputnik O‘zbekiston
Naselenie Zemli v 2050 godu

21 asr oxirida

BMT mutaxassislari fikriga ko‘ra, 2100-yilga kelib Yer shari aholisi soni 11,1 milliardga yetadi. Sobiq Ittifoqning barcha mamlakatlarida ushbu ko‘rsatgich kamayib boradi. O‘zbekistonda 38 million, Armanistonda 1,8 million, Estoniyada esa bir milliondan kam odam yashaydi. Ukrainada esa aholi soni 2017-yilga nisbatan 16 millionga qisqaradi.

Mutaxasislar aholi soni qisqarishiga bir necha sabablarni aytishmoqda. Ular orasida ekologik vaziyat, ayollar mustaqil bo‘lishi va ishlashi tufayli kech turmush qurish, bir oilada bolalar sonining kamayishi deb ko‘rsatilmoqda.

© SputnikNaselenie Zemli v 2100 godu
Naselenie Zemli v 2100 godu - Sputnik O‘zbekiston
Naselenie Zemli v 2100 godu
Yangiliklar lentasi
0