TOShKENT, 4-iyul – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga uyushtirgan davlat tashrifida erishilgan kelishuvlar birin ketin amalga oshirilmoqda.
Xususan, 28 va30 iyun kunlari “O‘zbekiston havo yo‘llari” va “Turkmaniston” aviakompaniyasi orasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Ularda “Turkmaniston” aviakompaniyasi tomonidan O‘zbekistonga parvozlar yo‘lga qo‘yish haqida kelishib olindi.
Uchrashuvda “Turkmaniston” aviakompaniyasi Ashxobod – Toshkent – Ashxobod yo‘nalishida parvozlar amalga oshirganda, Toshkent aeroportida yo‘lovchilarni oziq-ovqat bilan ta’minlash borasida hamda Interlayn parvozlar, yana aviakompaniyalarga bir-birlarining parvozlariga chipta sotish huquqini beradigan shartnoma haqida kelishib olindi.
Turkmaniston aviakompaniyasi Ashxobod-Toshkent yo‘nalishidagi parvozlarini 2017-yilning oxiriga qadar yo‘lga qo‘yadi.