Misrning 41 shifokori organ sotishda ayblanmoqda

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishSudya bolg‘achasi
Sudya bolg‘achasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tibbiyot xodimlari vositachilar yordamida ish olib borishgan. Vositachilar mijozlarni chet eldan topish va ularni Misrga olib kelish bilan shug‘ullanganlar

TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. Misr Bosh prokurori 41 nafar tibbiyot xodimining ishini Qohira jinoiy ishlar sudiga oshirdi, shifokorlarning barchasi organ savdosida ayblanmoqda, deb xabar qildi RIA Novosti.

Voorujennie boyeviki - Sputnik O‘zbekiston
Misrda qurollangan jangarilar nasroniylar bo‘lgan avtobusga hujum qilishdi
Ayblov ma’lumotlariga ko‘ra, Misr tibbiyot muassasalari xodimlari chet el fuqarolari orasida organlarni ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirib kelgan. Ayblanuvchilar orasida turli mutaxassislikka ega vrachlar borligi aytilmoqda, jumladan, davolovchi vrachlar, jarrohlar, anesteziologlar.

Pulga muhtoj Misr fuqarolari donor vazifasini bajarganligi qo‘shimcha qilingan.

"Jumladan, buyrak ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha jarrohlik ishlari noqonuniy tarzda amalga oshirilgan", deyiladi xabarda.

Tibbiyot xodimlari vositachilar yordamida ish olib borishgan. Vositachilar chet eldan mijoz topish va ularni Misrga olib kelish bilan shug‘ullanishgan.

Tergov ma’lumotiga ko‘ra, bu singari jarrohlik amaliyoti chet el fuqarosiga 80 ming dollardan 120 ming dollargacha tushgan, donorning o‘ziga esa buyrak uchun 550-830 dollar atrofida pul berilgan.

Yangiliklar lentasi
0