O‘zbek-qozoq chegarasidagi 9-yil ilgari yopib qo‘yilgan postlar yana ochildi

© Sputnik / Tabildi Kadirbekov / Mediabankka o‘tishKontrolno-propusknoy punkt na granitse Kazaxstana
Kontrolno-propusknoy punkt na granitse Kazaxstana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yana bir nechta post kechayu kunduz ishlash rejimiga o‘tkaziladi

TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. 2008-yilda Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasida yopib qo‘yilgan postlar yana ochildi, deb xabar bermoqda Podrobno.uz.

Chegarachi chegarada - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasini belgilash bo‘yicha muzokaralar samarali yakunlandi - TIV

Qozog‘iston va O‘zbekiston chegaraoldi bojxona organlari vakillari uchrashuvida to‘qqiz yil ilgari yopib qo‘yilgan "Sirdaryo" va "Selinniy" chegara o‘tkazish punktlari ochilgani e’lon qilindi.

Bundan tashqari, tomonlar "Kazigurt", "Qoplonbek" va "Atameken" chegara o‘tkazish punktlarini kechayu kunduz ishlash rejimiga o‘tkazish haqida kelishib olishdi. Bunga qadar bu punktlar faqat kunduzi ishlardi.

Shuningdek, Qozog‘iston hududidagi postlar muntazam ravishda yangilanib, yangi texnologiyalarga o‘tishi ma’lum qilindi. Bu esa transportlar hujjatlarini rasmiylashtirish jarayonini tezlashtiradi. Masalan, hozirda hujjat rasmiylashtirishga 38 daqiqa vaqt ketadi. Yangi texnologiya esa bu vaqtni 25 daqiqaga qisqartiradi. Natijada chegarani kesib o‘tuvchi avtomobillar soni 400dan mingtaga yetadi, ya’ni kuniga 40 ming kishi chegarani kesib o‘tishi mumkin bo‘ladi.

Qayd etish joiz, 15-may kuni O‘zbekiston 11-yillik tanaffusdan so‘ng Qozog‘iston bilan chegaradagi "Oq oltin" va "Malik" chegara o‘tkazish punktlarini ochdi.

Yangiliklar lentasi
0