IIBB vokzal atrofidagi yo‘llardagi tirbandga izoh berdi

© Press-slujba AK "Uzavtoyul"Stroitelstvo uchastka dorogi po ulitse Tarakkiyet v Tashkente
Stroitelstvo uchastka dorogi po ulitse Tarakkiyet v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Toshkent" vokzali yaqinida yo‘l o‘tkazgich qurilishi munosabati bilan, atrofdagi ko‘chalarda doimiy tirband sodir bo‘lmoqda.

TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. Toshkent shahar IIBBning Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmasi "Toshkent" vokzali atrofida doimiy ravishda sodir bo‘layotgan yo‘l tirbandliklariga izoh berdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Ayni damda ushbu hududda yo‘l o‘tkazgich qurilishi munosabati bilan  shahar markazini aholi zich yashaydigan bir necha hududlar bilan bog‘lovchi yirik magistral yopilgan. Natijada mavjud bo‘lgan bir necha aylanib o‘tuvchi yo‘llarda doimiy tirbandliklar paydo bo‘lgan. Ushbu yo‘llar mahallalar ichidan o‘tgani tufayli ularda tez harakatlanishning iloji yo‘q.

"Yangi yo‘l  o‘tkazgich qurilishi munosabati bilan haydovchilar haqiqatan ham birmuncha qiyinchiliklarga duch keldilar. Ular yo‘lning ushbu bo‘lagini aylanib o‘tishga majbur bo‘lmoqdalar. Aylanib o‘tish yo‘llarida hozir tirbandliklar kuzatilmoqda.  Biz yo‘l nazorati xizmati bilan maslahatlashdik, lekin ushbu vaziyatda tirbandlik muammosini hal qilish juda mushkul. Yo‘l o‘tkazgich ishga tushgach — hamma muammolar hal bo‘ladi. Shuningdek, biz aylanma yo‘llardagi tezlikni cheklovchi belgilarni olib tashlay olmaymiz, aks holda bu aholi zich yashaydigan mahallalardagi piyodalar hayotini xavf ostiga qo‘yadi. Shuning uchun biz haydovchilarni ushbu muammoni tushunishga chaqiramiz", — dedi Toshkent IIBB jamoat bilan aloqa inspektori mayor Alisher Abduqodirov.

Eslatib o‘tamiz, loyiha doirasida amal qilayotgan eni 30 metr, uzunligi 346 metr bo‘lgan ko‘prikka eni 22 metr, uzunligi 281 metr bo‘lgan yangi bo‘lak qo‘shilishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0