Abdulaziz Kamilov "Rus gumanitar missiyasi" tashkiloti bosh direktorini qabul qildi

Obuna bo‘lish
"Rus gumanitar missiyasi" tashkiloti bosh direktori Yevgeniy Primakovning O‘zbekistonga tashrifi dasturiga ko‘ra, Savdo-sanoat palatasi, Amir Temur Xalqaro jamg‘armasi, "O‘zbekiston-Rossiya" do‘stlik jamiyatida uchrashuvlar o‘tkazish hamda qator obyektlarda bo‘lish rejalashtirilgan

TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov O‘zbekistonga tashrif buyurgan Rossiya Federatsiyasi Jamoatchilik palatasi a’zosi, "Rus gumanitar missiyasi" tashkiloti bosh direktori Yevgeniy Primakovni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Kamilov Niderlandiya Qirolligining yangi tayinlangan elchisini qabul qildi

Xabarda aytilishicha, muloqot chog‘ida O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarining ba’zi masalalari madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish nuqtayi nazaridan muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Yevgeniy Primakovning O‘zbekistonga tashrifi dasturiga ko‘ra, Savdo-sanoat palatasi, Amir Temur Xalqaro jamg‘armasi, "O‘zbekiston-Rossiya" do‘stlik jamiyatida uchrashuvlar o‘tkazish hamda qator obyektlarda bo‘lish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0