Sambo chempionatida O‘zbekiston yetakchilik qilmoqda

© Sputnik / Vasiliy Ponomarev / Mediabankka o‘tishSambo
Sambo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Musobaqaning ikki kuni natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston jamoasi 15ta oltin medal sohibi bo‘lgan.

TOShKENT, 2-iyul – Sputnik. Ushbu kunlarda Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Sambo bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston kurashchilari yetakchilik qilmoqda.

Xalqaro sambo federatsiyasi xabariga ko‘ra, musobaqalarning birinchi kuni natijasiga ko‘ra,  o‘zbekistonlik sportchilar 9 oltin medal, ikkinchi kun natijasiga ko‘ra 6 oltin medal sohibi bo‘lishgan.

Medallar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Qozog‘iston jamoasi. Ular musobaqaning birinchi kuni 7 oltin medal, ikkinchi kuni 6 oltin medal sohibi bo‘lishgan.

Sambo bo‘yicha Osiyo chempionati Toshkentda 30-iyundan 2-iyulga qadar bo‘lib o‘tmoqda. Chempionatning bosh homiysi Rossiyaning “Rosneft” kompaniyasidir.

 

Yangiliklar lentasi
0