TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoniga asosan,"O‘zbekoziqovqatxolding" kompaniyasining yangi raisi etib “O‘zavtosanoat” AJning raisi o‘rnbosari Toxirjon Jalilov tayinlandi.
"O‘zbekoziqovqatxolding" kompaniyasining sobiq rahbari, o‘tgan chorshanba kuni prezident ishtirokida bo‘lib o‘tgan, 2017-yilning birinchi yarmida amalga oshirilgan eksport masalalariga bag‘ishlangan videoselektor majlisidan keyin iste’foga chiqarilgan edi.
Davlat rahbari “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasining rahbari Odilxon Rustavmovni va “O‘zagroeksport” kompaniyasi direktori Jamshid Xolmuxamedovni “egallb turgan vazifalariga loyiq emas” deb tanqid qilgan edi.
Toxirjon Jalilov 1998-yildan buyon O‘zbekiston avtomobil sanoati tizimida ishlab kelayotgan edi. Jalilov Uzov vaqt davomida Rossiya va Ukrainada “O‘zavtosanoat” kompaniyasining sho‘’ba korxonalarida ishlab kelgan.
Podrobno.uz xabariga asosan.