Toshkentda yana bir kollej talabasi mushtlashuvdan keyin vafot etdi

© FacebookAkmal Abduraxmanov
Akmal Abduraxmanov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
IIBB xabariga ko‘ra, ushbu ish yuzasidan Jinoyat kodeksining 104 - inson o‘limga olib kelgan, qasddan og‘ir tan jarohati yetkizish moddasiga binoan, jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

 

TOShKENT, 1-iyul — Sputnik.  Toshkentning Yunusobod tumani, Qoshg‘ar massivi (S-4)  1- yuridik kolleji bitiruvchisi Akmal Abduraxmonov, dastlabki xabarlarga ko‘ra,  kursdoshlari tomonidan kaltaklanganidan keyin vafot etdi, deb xabar qilmoqda Gazeta.uz  nashri.

Nashr xabariga ko‘ra, talabaning vafoti haqidagi ma’lumot Facebook ijtimoiy tarmog‘ida paydo bo‘lgan.

Voqea guvohlari aytishiga qaraganda, mushtlashayotgan talabalarni darhol ajratib qo‘yishgan. Tez yordam mashinasi va ichki ishlar xodimlari tezda yetib kelishganiga qaramasdan, yosh yigitning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan.

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Jinoiy kodeksining 104 — inson o‘limga olib kelgan, qasddan og‘ir tan jarohati yetkizish, bandi bshyicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

“Yunusobod tumani tezkor-qidiruv guruhi ushbu ish yuzasidan tekshiruv o‘tkazmoqda. Tergov manfaatlari yo‘lida, hamda guvohlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida, gumon qilinayotgan shaxslarning ismi va soni hozircha e’lon qilinmaydi” – deyishgan  IIBB vakillari Gazeta.uz nashriga.

Facebookda Akmalning kursdoshlari uni ko‘ngilchan, quvnoq  va faol yigit edi deb ta’riflashmoqda. “Itlarni jud yaxshi ko‘rardi, ayniqsa “Pitbul” zotli itlarni.  Yosh bolalarni ham yaxshi ko‘rar edi, bolalar ham uni yaxshi ko‘rishardi… Do‘stlari uchun ko‘ksi qalqon edi, og‘ir damda hech qachon qochib ketmasdi. Buvilarga yordam berardi va ularnig yaxshi ko‘rgan bolasi edi. Sport bilan shug‘ullanardi. Bo‘yi baland, sportchi yigit edi. Ota-onasi u bilan faxrlanardi”.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin shunga o‘xshash qayg‘uli holat Borovskiy nomli Toshkent Tibbiyot kollejida sodir bo‘lgan edi. U yerda Jasurbek Ibrohimov nomli talaba kollej talabalari tomonidan do‘pposlanishi oqibatida olgan jarohatlaridan vafot etgan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0