Moskva aeroportlarida 450ta aviareys ushlab qolindi

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Mediabankka o‘tishPassajiri v zale ojidaniya mejdunarodnogo
Passajiri v zale ojidaniya mejdunarodnogo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan tunda bo‘lib o‘tgan kuchli dovul va yomg‘ir tufayli Moskva aeroportlari uchish va qo‘nish jadvaliga jiddiy o‘zgarishlar kiritishga majbur bo‘ldi.

TOShKENT, 1-iyul – Sputnik. Moskva aeroportida shanba kuni uchishi kerak bo‘lgan aviaparvozlarning 450tasi ushlab qolindi va yana 41tasi bekor qilindi, deb xabar qilmoqda Rossiya OAVlari aeroportlar onlayn jadvaliga asoslanib.

Xususan, Domodedovo aeroportida soat 06:30 holatida 179 aviaparvoz ushlab qolingan, ikki parvoz bekor qilingan. Shu jumladan O‘zbekiston havo yo‘llarining Samarqand, Buxoro, Toshkent va Andijonga uchuvchi parvozlari ham bir necha daqiqaga ushlab qolingan. Ayni damda O‘zbekistonga uchishi kerak bo‘lgan barcha aviaparvozlar amalga oshirilgan.

Shuningdek, Sheremetyevo aeroportida 270 ta aviaparvoz ushlab qolinib, 39tasi bekor qilingan. Vnukovo aeroportida onlayn jadvalga ko‘ra bitta reys ushlab qolingan.

Eslatib o‘tamiz, kecha tushdan keyin Moskvada ob-havo keskin yomonlashib, kuchli dovul bo‘lib  yomg‘ir yoqqan edi. Tabiiy ofat oqibatida Rossiya poytaxtida bir kishi qurbon bo‘lgan, 9 kishi jarohatlangan.

Yangiliklar lentasi
0