TOShKENT, 1-iyul – Sputnik. Jahon futbol yulduzi Lionel Messining to‘yi juma kuni kechqurun Argentinaning eng hashamatli mehmonxonalaridan birida bo‘lib o‘tdi. To‘yga 250 nafar mehmon taklif qilindi, ular orasida uning jamoadoshlari ham bor, deb xabar qilmoqda Assoshieyted Press.
Messining rafiqasi 29 yoshli Antonella Rokusso, Messiga bolalikdan tanish. Ular 2000-yildan beri juftlik sifatida uchrashib kelishayotgan edi.
“U hecham o‘zgarmagan. U bolaligida qanday oddiy bo‘lgan bo‘lsa hozir ham shundayligicha qolgan, erishgan muvaffaqiyatlariga qaramasdan”, — dedi to‘yda mehmon bo‘lgan Messini bolalikdan tanigan do‘sti Diyego Valyexos.
Boda Leo-Antonela: Así salieron después de la ceremonia civil. pic.twitter.com/jMKxdp4peD
— Telemundo Deportes (@TelemundoSports) 1 iyulya 2017 g.
Nikoh marosimi hashamatli mehmonxonalardan birida bo‘lib o‘tdi. Unga BarselonaningNeymar, Luis Suares, Jerar Pike va boshqa mashhur futbolchilar kelishdi.