TOShKENT, 1-iyul — Sputnik, Anton Kurilkin. Kecha Moskvada bo‘lib o‘tgan kuchli dovulga qaramasdan, Diyego Maradonaning samolyoti Moskva aeroportiga qo‘ndi.
Bir necha soat davomida uchib kelgan argentinalik futbol yulduzi, samolyotdan tushiboq darhol ishga kirishdi. U futbol mutaxassislari qurshovida qayta ta’mirlangan “Dinamo” stadioniga yo‘l oldi.
“Rossiya futboliga rahbarlik qilishga tayyormanmi? Men shuning uchun bu yerga keldim! Bu borada mening rejalarim juda katta va oldinda meni ko‘p ish kutayapti”, — dedi Maradona jurnalistlarga.
Rossiya futbolining eng katta muammosi haqida berilgan savolga, Maradona “Rossiya futbolchilarining tayyorgarligi sust, lekin ular ko‘p narsaga qodir. Muammo menedjerlarda”, — deb javob berdi.
Sportchi karyerasi yakunlanganidan so‘ng Maradona sport sharhlovchisi va futbol jamoalari treneri, jumladan milliy terma jamoalar treneri lavozimlarida ishlab kelmoqda.