Elektr energiyasi narxi oshirildi

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda elektr energiyasi narxi 15-iyuldan boshlab 7%ga oshiriladi.

TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. «O‘zbekenergo» AJ xabariga ko‘ra, yoqilg‘i-energiya boyliklarining tannarxi oshishi munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasi hududida 15-iyuldan boshlab elektr energiyasining narxlari oshiriladi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, 1 kilovatt/soat elektr energiya narxi 191 so‘mdan 204,3 so‘mga (7%) oshadi.

Elektr plitalar bilan jihozlangan turar-joy aholisi uchun esa elektr energiya narxi 95,5 so‘mdan 102,15 so‘mga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, elektr energiyasining narxi so‘nggi bor o‘tgan yilning oktabr oyidan oshirilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0