Qozog‘istonlik vunderkind maktabni 12 yoshda tamomladi

© REUTERS / Shamil Zhumatovo‘quvchi
o‘quvchi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Olma-otalik 12 yashar Abzal Mirzash maktabni a’lo baholar bilan tamomladi. Ayni vaqtda mamlakatning eng nufuzli oliy o‘quv dargohlari bola ketidan "ov"ni boshlab yuborishgan

TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Olma-Otadagi 136-maktab tarixida shov-shuvli voqea ro‘y berdi: 12 yashar Abzal Mirzash o‘n bir sinfni a’lo baholarga tamomladi, deb xabar qildi Almati telekanali.

Telekanal xabariga ko‘ra, ota-ona o‘g‘illaridagi iqtidorni 1,5 yoshligidayoq payqashgan. Aytishlaricha, bolakay hamma narsaga qiziquvchan bo‘lib o‘sgan va kuchli xotiraga ega bo‘lgan. 4 yoshligida Abzal bemalol xotirasida ikki xonali sonlarni ko‘paytirgan.

Abzalning aytishicha, u kelajakda egallaydigan kasbi aniq fanlar bilan bog‘liq bo‘ladi.

"Men bolalagimdan otam singari shifokor bo‘lishni orzu qilardim. Ammo 9-sinfdaligimda qarorim o‘zgardi. Internetda turli kasblarni o‘rgana boshladim va IT-texnologiyalar menga ma’qulroq, degan qarorga keldim.

Shu sohada mutaxassis bo‘lish orzuim", — degan telekanalga bergan intervyusida Abzal Mirzash.

Aytgancha, vunderkind hozircha qaysi oliy o‘quv dargohiga hujjat topshirishini tanlaganicha yo‘q. Ammo bir yo‘la bir nechta universitet rektorlari unga juda qiziqarli takliflarni kiritishgan. Rektorlar Abzalni o‘zlari boshqaruvidagi oliy o‘quv dargohiga hujjat topshirishni va atay u uchun ajratilgan grant asosida tahsil olishni taklif qilishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0