TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh rahbari Donald Tramp uchrashuvi qanday shaklda o‘tishi hozircha noaniq, bunga diplomatik kanallar bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rilmoqda, deb xabar qildi Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov.
Uchrashuv vaqti va shakli kelishilganmi, degan savolga Peskov: "Hozircha bu detallar aniqmas, ular diplomatik kanallar bo‘yicha hal etiladi", — deya javob bergan.
"Shuni yodingizdan chiqarmasligingizni so‘ragan bo‘lardim, avval boshdanoq prezidentlar har qanaqasiga Gamburgda uchrashishlari, haqida aytganmiz, ammo uchrashuv formati va vaqti haqida o‘ylab ko‘rish qarori qabul qilingan", — degan Peskov.
Eslatib o‘tamiz, Amerika prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Gerbert Makmaster 7-8 iyul kunlari Gamburg shahrida o‘tkaziladigan "Katta yigirmatalik" sammitida Tramp ko‘plab dunyo yetakchilari, jumladan, Putin bilan ham, uchrashuvlar o‘tkazishi haqida jurnalistlarni xabardor qilgan edi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.