Hukumat tarkibida o‘zgarishlar davom etmoqda

© Press-slujba prezidenta RUzO‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari tayinlandi

TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Umarov Olimjon Muxamadjanovich O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deb xabar qildi O‘zbekiston prezidenti matbuot-xizmati.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Prezident qator rahbarlarga "hayfsan" berdi va ayrim hokimliklarni jiddiy ogohlantirdi
"O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-iyundagi PQ-3102-son qaroriga muvofiq Umarov Olimjon Muxamadjanovich O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi", — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 27-iyun kuni O‘zbekiston prezidenti Hukumat tarkibida qator o‘zgarishlarni amalga oshirgan edi.

Jumladan, Bahromjon Norkobilov O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi lavozimiga;

Bahodir Nizomov O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining o‘rinbosari lavozimiga;

Tohir Haydarov O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining o‘rinbosari lavozimiga;
Nodir Xusanov Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimiga;

Uzoqboy Begimqulov Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining ilm-fan bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.

Yangiliklar lentasi
0