TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Markaziy bank dollar va yevroning O‘zbekiston milliy valyutasiga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
O‘zbekistonda dollar va yevro kursi o‘sishda davom etmoqda.
O‘zbekiston markaziy banki bugun 1 dollarni — 3958,56 so‘m, 1 yevroni — 4422,11 so‘m miqdorida belgiladi. 1 Rossiya rubli esa —0,99 so‘mga arzonlashdi va 28-iyundan 67.09 so‘mni tashkil qildi.
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq ekspert konvertatsiya ochilsa dollar kursi qancha bo‘lishini ma’lum qilgan edi.
"…dollarning dastlabki kursi 10 500 so‘m bo‘lishi va keyinchalik, bozor tinchlanganidan keyin 7500 – 8000 so‘mgacha tushishi mumkin", — deb taxmin qilgandi ekspert.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.