TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Venesuela politsiyasining ilmiy, jinoiy va kriminalistik surishtiruvlar korpusiga qarashli vertolot seshanba kuni kechqurun Karakas shahrini aylangan va odamlarni bo‘ysunmaslikka da’vat qilgan holda Oliy sud binosiga hujum uyushtirgan. Bu haqda Venesuela Aloqa va axborot vaziri Ernesto Vilyegas xabar qildi, deb yozadi RIA Novosti.
"Bir kishi respublikaga qarshi qurol ko‘tardi. U vertolotni olib qochib, Oliy sudga hujum uyushtirdi", — deb iqtibos keltirgan NTN telekanali Vilyegasning so‘zlaridan.
Ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan suratlarda vertolot ekipaji "350. Ozodlik" yozuvli plakatni yoyib olgani ko‘rinib turibdi.
#LoÚltimo | Gobierno de #Venezuela acusa intento de golpe de estado | https://t.co/r0Iz3g842r pic.twitter.com/ZoF4sVwDHw
— XEVA TABASCO (@XEVATabasco) 28 iyunya 2017 g.
Bunda gap Venesuela Konstitutsiyasining 350-moddasi haqida bormoqda. Unda hukumat tomonidan demokratik qadriyatlar, tamoyillar va kafolatlar hamda inson huquqlari buzilgan taqdirda, fuqarolar hukumatni tan olmasliklari mumkinkinligi aytilgan.
Ushbu xabar Venesuela prezidenti Nikolas Maduro tomonidan ham tasdiqlangan. "Uchuvchilardan biri ilgari Venesuela IIV sobiq rahbari, SRU bilan aloqada bo‘lgan Migel Rodriges Torresning uchuvchisi bo‘lgan", — deb aytgan Maduro.
Prezident muxolifat ushbu hujumni qoralashiga umid bildirgan. Maduroning so‘zlariga ko‘ra, vertolotdan ikkita granata uloqtirilgan, ulardan biri portlamay qolgan. "Bu aksiya yuzlab insonlarning jarohatlanishiga olib kelishi mumkin edi", — degan prezident.
Hozircha uchuvchi taqdiri haqida qo‘shimcha ma’lumot yo‘q. Shunisi ma’lumki, u Venesuela poytaxtini aylanib chiqqanidan so‘ng, texnikani binolarning birini tomiga qo‘ndirgan.
#BREAKING VIDEO: Stolen helicopter drops grenades near Venezuela's Supreme Court, gunfire heard pic.twitter.com/3hnbSzTvf6
— CK (@cngzkync) 28 iyunya 2017 g.
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Venesuela Oliy sudi muxolifat milliy assambleya hokimiyatini cheklash qarorini chiqargan edi. Shu tufayli aprel oyidan boshlab mamlakatda ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu qaror bekor qilingani bilan, muxolifat tarafdorlari sud a’zolari iste’fosini va muddatdan oldin saylovlar o‘tkazilishini talab qilgan holda ko‘chalarga chiqa boshladilar. Odamlar shuningdek, ta’sischilar kengashi chaqirilishiga ham qarshi chiqib, bu harakatni Konstitutsiyani o‘zgartirishga urinish sifatida baholashmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hozirga qadar 75 inson halok bo‘lgan.