TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. Davlat Raqobat qo‘mitasi huzuridagi xususiylashtrilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasi nizomi tasdiqlandi, deb xabar qildi Davlat raqobat qo‘mitasi axborot xizmati.
Jamg‘armaning asosiy vazifasi mablag‘larni xususiylashtirilgan korxonalarni amaliy qo‘llab-quvvatlashga, investitsiya loyihalarini amalga oshirishga va tadbirkorlarni biznes yuritish asoslarini o‘qishini tashkil etishga yo‘naltirish hisoblanadi.
Jamg‘arma mablag‘lari xususiylashtirilgan obyektlar va korxonalar negizida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalariga banklar tomonidan kreditlar berilishi uchun va shu turdagi kreditlar berilganda qayta moliyalash stavkasidan ko‘pi bilan 4 foizga oshadigan foizli xarajatlarni qoplashga subsidiyalar berish uchun ajratiladi.
Investitsion loyihalarning ko‘rib chiqilishi va tanlab olinishi O‘zbekiston prezidentining «Tadbirkorlarning ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanishlarini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan Idoralararo komissiyalar tomonidan tasdiqlangan ilgari xususiylashtirilgan qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari negizida investitsiya loyihalari orasidan amalga oshirilishi belgilangan.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.