Toshkent yo‘lovchi transportida marketing izlanishlari o‘tkaziladi

© tashtrans.uzObshestvenniy transport v Tashkente
Obshestvenniy transport v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish

TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. 2017-yil 3-iyulidan boshlab “Toshshahartransxizmat” AJ tizimidagi avtobus saroylari yo‘nalishlarida yo‘lovchilar oqimini o‘rganish borasida izlanishlar olib boriladi, deb xabar qilmoqda "Toshshahartransxizmat" matbuot xizmati.

"Hurmatli Toshkent shahri aholisi va mehmonlari! Yo‘lovchilar tashishni tashkil qilish samaradorligini oshirish, avtobus yo‘nalishlarini yanada optimallashtirish, harakatlanadigan tarkibning ratsional miqdorini aniqlash maqsadida 2017-yilning 3-iyulidan boshlab "Toshshahartransxizmat" AJ tizimidagi avtobus saroylari yo‘nalishlarida yo‘lovchilar oqimini o‘rganish olib boriladi", — deyilgan muassasa rasmiy xabarida.

Shuningdek, "Toshshahartransxizmat" yo‘lovchilardan ushbu izlanishlarda faol ishtirok etishni, yo‘l kira haqini o‘z vaqtida to‘lab borishni va bir martalik chiptalarni chipta sotuvchilardan talab qilishni iltimos qilgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0