Stalik Xankishiyev to‘lishgan qomatli ayollarni himoya qildi

© stalic.ruStalik Xankishiyev
Stalik Xankishiyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Taniqli bloger, oshpazlik kitoblari avtori va teleko‘rsatuvlar boshlovchisi ayollarni diyetologlarga murojaat qilmaslikka, to‘lishgan qad-qomatdan voz kechmaslikka chaqirdi.

TOShKENT, 27-iyun – Sputnik.  Kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan taniqli bloger, oshpazlik kitoblari avtori hamda ko‘rsatuvlari boshlovchisi Stalik Xankishiyev to‘lishgan qomatli ayollarni himoya qildi.

Rossiyalik teleboshlovchi Lena Miro odatda, o‘z ko‘rsatuvlarida ayollarning oriq qomatini saqlab qolish, ortiqcha vazn, hatto biroz to‘lishgan qad-qomatning ham mutlaq qarshi nuqtayi nazar bildiradi. Oxirgi ko‘rsatuvlaridan birida u dunyoda mashhur opera kuylovchisi Anna Netrebkoni va gruziyalik jaz kuylovchisi Teona Kontridzeni keskin tanqid qilgan edi.

Anna Netrebkoni va Teona Kontridzeni yaxshi tanigan va ularning ijodidan xabardor bo‘lgan Xankishiyev bunga qarshi nuqtayi-nazar bildirdi.

“Malika bo‘lish uchun, ayollarga allakimdir tasdiqlagan shakldagi qad qomat kerak emas. Har bir ayolning faqat o‘ziga xos “bir nimasi” bo‘lishi kerak. Ana shu “bir nima” Netrebkoda ham, Kontridzeda ham to‘lib toshib yotibdi. Shuning uchun ham ular kuylaganda yoki yoningdan o‘tganda mahliyo bo‘lib qolasan.

Hurmatli ayollar, agar sizning qomatingiz allakimdir tasdiqlagan standartlarga mos kelmasa — zarracha xafa bo‘lmang. Asosiysi yoningizda sizni yaxshi ko‘rgan va siz yaxshi ko‘rgan kishi bo‘lsa bas. Siz allaqachon baxtli insonsiz.

Agar siz qobiliyatli inson bo‘lib o‘zingizning boshqa jihatlaringiz bilan erkaklar hurmatini qozonayotgan bo‘lsangiz – sizni ikki karra tabriklayman.

Faqatgina o‘zingizni yomon his qilayotgan bo‘lsangiz va shiforlar buni ortiqcha vazn tufayli, deb aytgan bo‘lsa, vazningizga e’tibor berishingiz mumkin”, — deb so‘zini yakunlaydi Xankishiyev.

Yangiliklar lentasi
0