TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-iyun kuni Islom Karimovning uyiga tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston OAVlari.
Shu kun O‘zbekiston Birinchi prezidenti uyining eshiklari erta tongdan barcha uchun ochiq edi. Fotiha qilishga keluvchilar ko‘p bo‘ldi. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston muftiysi Usmonxon Alimov hamrohligida Islom Karimov xotirasiga fotiha qildi.
Quyida ushbu haqidagi O‘zbekiston telekanalining videolavhasini tomosha qilishingiz mumkin.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.