Kiyevda terakt oqibatida Ukraina razvedka xodimi halok bo‘ldi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishSituatsiya na territorii posolstva SShA v Kiyeve
Situatsiya na territorii posolstva SShA v Kiyeve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Marhum bo‘lgan polkovnik, o‘tgan yili Kiyevda otib o‘ldirilgan, Rossiyadan qochib ketgan deputat Denis Voronenkovni qo‘riqlagan guruh rahbari bo‘lgan.

TOShKENT, 27-iyun —Sputnik. Ukraina Mudofaa vazirligi Kiyevdagi avtomobil portlashida Ukraina razvedka Boshqarmasi polkovnigi Maksim Shapoval halok bo‘lganini tasdiqladi. RIA Novosti xabariaga asosan.

Ukraina IIV matbuot xizmati xodimi Artem Shevchenko aytishiga qaraganda, portlashda harbiy xizmatchi qurbon bo‘lgan. JKning “Terorrchilik” bandi bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan.

“Bugun 27-iyun ertalab, Kiyev shahrining Solomenskiy tumanida avtomobil portlashi sodir bo‘ldi. Portlash oqibatida Ukraina Mudofaa vazirligining Razvedka bosh boshqarmasi xodimi polkovnik maksim Shapoval qurbon bo‘ldi”, — deyilgan muassasa sahifasida.

Donesk Xalq respublikasi Mudofaa vazirligi spikerining fikriga ko‘ra, Eduard Basurin aytishiga qaraganda, ushbu qotillik ukraida davlat budjetini taqsimlash va korrupsiya bilan bog‘liq. Bu Ukrainaning ichki hisob kitoblari bilan bog‘liq va bunga hech qanday maxsus xizmatlar  aralashmagan.

Eslatib o‘tamiz, marhum bo‘lgan polkovnik, Rossiyadan qochib ketgan deputat Denis Voronenkovni qo‘riqlagan guruh rahbari bo‘lgan. Denis Voronenkov ushbu yilning mart oyida Kiyev markazida otib o‘ldirilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0