TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp va uning rafiqasi Melaniya O‘zbekiston rahbari va xalqiga Ramazon hayiti bilan samimiy tabriklarni yo‘lladilar.
"O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Prezident Janobi Oliylari!
Muqaddas Ramazon oyida Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi musulmonlar butun dunyo musulmonlari qatori imon-e’tiqod va xayr-ehson amallariga alohida e’tibor qaratdilar. Amerika Qo‘shma Shtatlarida musulmonlar qo‘shnilarga va jamiyatning turli tabaqalari vakillariga yordam berish hamda qo‘llab-quvvatlashdek ezgu an’analarni davom ettirgan holda bayramni oila a’zolari va do‘stlar davrasida nishonladilar.
Mazkur bayramni nishonlar ekanmiz, rahm-shafqat, mehr-oqibat va ezgu niyat kabi fazilatlar ahamiyatini yanada teran anglaymiz. Shu munosabat bilan Amerika Qo‘shma shtatlari O‘zbekiston bilan shu qadriyatlarni e’zozlashga qaratilgan umumiy majburiyatimizni yana bir bor ta’kidlaydi.
Siz va O‘zbekiston xalqini yana bir bor bayram bilan tabriklayman. Ramazon hayiti muborak bo‘lsin", — deyilgan maktubda.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.