Mirziyoyev Mustaqillik bayramini nishonlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi

© AFP 2023 / MINORU IWASAKI Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston prezidenti
Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston prezidenti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Respublika komissiyasiga bir hafta muddatda "Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!" degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari dasturini ishlab chiqish haqida ko‘rsatma berilgan

TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-sentabr kuni nishonlanadigan mamlakat mustaqilligining 26-yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi, deb xabar qildi O‘zbekiston Tashqi ishlar mahkamasi matbuot-xizmati.

San’at muzeyi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda Mustaqillik yillariga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi
"Vatanimiz tarixida mutlaqo yangi sahifa ochgan O‘zbekiston mustaqilligining 26-yilligini munosib kutib olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha respublika komissiyasining tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Respublika komissiyasi bir hafta muddatda "Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston" degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari dasturini ishlab chiqsin", deb ta’kidlangan hujjatda.

Mazkur dastur 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" Davlat dasturining ma’no-mazmunidan kelib chiqqan holda tayyorlansin, ta’kidlangan qarorda.

Respublika komissiyasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi viloyatlar, va Toshkent shahrida Mustaqillik bayramiga bag‘ishlab aholining keng qatlamlari o‘rtasida ma’rifiy uchrashuvlar, ochiq muloqot va suhbatlar, adabiy-badiiy kechalar, madaniy tadbirlar o‘tkazish maqsadida taniqli olimlar, ijodkor ziyolilar va san’atkorlardan iborat ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot guruhlari tashkil etish hamda ularning aniq reja asosida faoliyat olib borishini ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0