Rossiya Fan va madaniyat markazi O‘zbekiston OAV xodimlarini tabrikladi

Obuna bo‘lish
27 iyun - O‘zbekistonda matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni

TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. Toshkent shahridagi Rossiya fan va madaniyat markazi O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari xodimlarini kirib kelayotgan kasb bayramlari kuni bilan muborakbod etdi.

"Rossotrudnichestvo vakolatxonasi O‘zbekiston jurnalistlarini matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni bilan muborakbod etadi, ularga yangidan yangi qiziqarli loyihalar, ijodiy parvoz, sog‘lik va muvaffaqiyat tilaydi", — deyiladi markaz matbuot-xizmati tomonidan e’lon qilingan tabrikda.

Rossotrudnichestvo O‘zbekiston OAV vakillari bilan o‘zaro hamkorlik yanada rivojlanishi va mustahkamlanishiga umid bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossotrudnichestvo federal agentligi 2008-yil sentabrda tashkil etilgan. Agentlik xalqaro aloqalar, gumanitar yo‘nalishdagi uzviy hamkorlik va Rossiyaning xorijdagi ijobiy nufuzini oshirish maqsadida tashkil qilingan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0