Tojikiston O‘zbekiston va Qozog‘istondagi savdo vakillarini chaqirib oldi

Obuna bo‘lish
Savdo vakillarini nima sababdan chaqirib olingani xaqida aytilmayapti. Shuningdek, bu lavozimlarga yangi kadrlar tayinlangani ham aniq emas

TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. Tojikiston hukumati Qozog‘iston, O‘zbekiston, Ukraina, Afg‘oniston, Turkiya, Quvayt, Germaniya va Malayziyadan savdo vakillarini chaqirib olishga qaror qildi. Bu boradagi farmoyish Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon tomonidan bir oy muqaddam imzolangan bo‘lishiga qaramay, kuni kecha e’lon qilindi, deb xabar qildi Sharh.uz.

Ravon Gentra na Moskovskom Mejdunarodnom avtomobilnom salone - Sputnik O‘zbekiston
Dushanbeda Ravon avtomobillari savdo markazi ochiladi
Savdo vakillarini nima sababdan chaqirib olingani xaqida aytilmayapti. Shuningdek, bu lavozimlarga yangi kadrlar tayinlangani ham aniq emas.

Balki, ommaviy chaqirib olishlar rotatsiya bilan bog‘liqdir, shuningdek kadrlar yanglanishi kerakdir, degan fikrlar aytilmoqda.

Elchilardan farqli ravishda savdo vakillarining faoliyat muddati cheklanmagan. Tojikistonning savdo vakili Abdurasul Muxidov ikki mamlakat o‘rtasida samolyot parvozlari bilan bog‘liq muammolar boshlanishidan avval bu lavozimga tayinlangan edi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0