FVV sel kelish xavfidan ogohlantirdi

© Sputnik / Anatoliy Ustinenko / Mediabankka o‘tishSel
Sel - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
26-28 iyun kunlari respublikaning tog‘li va tog‘oldi hududlarida sel kelish xavfi mavjud, deb ogohlantirdi O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi

TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. O‘zbekiston FVV 27-iyun kunida kutilayotgan ob-havo ma’lumotlari haqida xabar qildi.

Xabarga ko‘ra, Toshkent shahrida 27-iyun kuni havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 21-23, kunduzi 33-35 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda.

Qoraqalpog‘iston respublikasi va Xorazm viloyati

Havo o‘zgaruvchan, kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25, kunduzi 31-36 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo o‘zgaruvchan, kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 S, kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda.

Toshkent viloyati

Havo o‘zgaruvchan, kam bulutli, kechasi va ertalab ayrim tumanlarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 S, kunduzi 30-35 S issiq bo‘ladi.

Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari

Havo o‘zgaruvchan, kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 S, kunduzi 30-35 S issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo o‘zgaruvchan, kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27 S, kunduzi 34-39 S issiq bo‘lishi kutilmoqda.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari

Havo o‘zgaruvchan, kam bulutli, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 S, kunduzi 30-35 S issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari

Havo o‘zgaruvchan, kam bulutli, ayrim tumanlarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Namangan viloyatining ba’zi tog‘li hududlarida do‘l yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 9-14 S, kunduzi — 20-25 darajani tashkil qiladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0