OAV: AQSh uchinchi davlatlarga bostirib kirishni BMT orqali qonuniylashtirib olmoqchi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishBMT qarorgohi, Nyu-York
BMT qarorgohi, Nyu-York - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya va qator boshqa davlatlar, jumladan, Misr AQShning bu taklifiga qarshi chiqmoqda

TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. Vashington "Al-Qoida" va "Islom davlati"ning mintaqaviy filiallari Birlashgan Millatlar tashkilotining terrorchilik uyushmalari ro‘yxatiga kiritilishiga erishishni rejalashtirmoqda, deb xabar qildi RIA Novosti.

Vashington - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Tojikistonda teraktlar sodir etilishi mumkinligidan ogohlantirdi
Agar bu taklif ma’qullansa, Vashington amerika qonunchiligiga binoan uchinchi davlatlar hududlarida maxsus operatsiyalarni boshlashlari mumkin, deb qayd etgan mutaxassislar.

Rossiya va qator boshqa davlatlar, jumladan Misr AQShning bu taklifiga qarshi chiqmoqda.

Misr bildirayotgan fikrga ko‘ra, "Al-Qoida" mintaqaviy bo‘limining ro‘yxatga kiritilishi, mahalliy hokimiyatning ushbu tahdidga qarshi kurasha olishini shubha ostiga qo‘yishi mumkin. Qolaversa Moskva ham ushbu tashabbusga shubha bilan qaramoqda. "Negaki, yuqorida nomi tilgan olingan tashkilotlarga aloqador terrorchi guruhlar soni qoidaga muvofiq, unchalik ko‘p emas, shu bois, hukumat bu tahdidlarni o‘z kuchi bilan yengishga qodir".

"Amerikaliklar terrorchilik uyushmalari ro‘yxatini kengaytirish orqali boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashishni (avvalo o‘zlari uchun) qonuniylashtirib olish niyatida", — deb qayd etilgan xabarda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0