Toshkentda Vengriya elchixonasi ochiladi

Obuna bo‘lish
Ushbu munosabat bilan Toshkentga Vengriya Tashqi ishlar vaziri keladi.

TOShKENT, 25-iyun – Sputnik. Ertaga 26-iyun kuni Vengriya Tashqi Ishlar va Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Peter Siyarto rasmiy tashrif bilan kelishi kutilmoqda.

Ikki kunlik tashrif dasturida bir qator uchrashuvlar hamdaO‘zbekiston Oliy Majlisi Senatida, Vazirlar mahkamasida, Tashqi ishlar vazirligida, Qishloq xo‘jaligi vazirligida, Davlat sarmoyalar qo‘mitasida va Savdo-sanoat palatasida muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Shuningdek, ministr Peter Siyarto Toshkentda Vengriya elchixonasi ochilish marosimida ishtirok etadi, deb xabar qilmoqda TIV matbuot xizmati.

Yangiliklar lentasi
0