TIV xorijdagi fuqarolar murojaati uchun qulaylik yaratmoqda

© SputnikPosolstvo Uzbekistana v RF
Posolstvo Uzbekistana v RF - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
E-Navbat - elektron navbat xizmati fuqarolar kerakli mutaxassis qabuliga oldindan yozilishlari mumkin bo‘ladi.

 

TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Tashqi ishlar vazirligi xorijda yashayotgan fuqarolari O‘zbekistonning diplomatik missiyalariga murojaat qilishlari uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratmoqda, deyilgan vazirlik saytida.

Xususan, diplomatik vakolatxonalarning internet sahifalarida E-Navbat —  elektron navbat xizmati yo‘lga qo‘yiladi. E-Navbat orqali fuqarolar kerakli mutaxassis qabuliga oldindan yozilishlari mumkin bo‘ladi. Tizim dastlab Qozog‘istondagi elchixonada sinovdan o‘tkaziladi.

Shuningdek, vazirlikning consul.mfa.uz  saytida onlayn maslaht berish tizimi ham xizmat ko‘rsatayotgani aytib o‘tilgan. Ushbu tizim orqali yanvar oyidan beri 250 kishiga xizmat ko‘rsatilgani xabar berilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston TIVi sahifasida bir necha yildan beri xorij fuqarolari O‘zbekistonga viza olishi uchun E-visa  elektron anketa to‘ldirish tizimi ishlab kelmoqda. Bugungi kunda ushbu tizim o‘zbek, rus, ingliz, fransuz va ispan tillarida xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0