TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. O‘tgan tunda Bellator 180turniri doirasida bo‘lib o‘tgan navbatdagi jangda rossiyalik afsonviy yakkakurashchi Fodor Yemelyanenko amerikalik Mett Mitriondan nokaut bo‘ldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Nyu Yorkda bo‘lib o‘tgan jang, bor-yo‘g‘i 2 daqiqa davom etdi. Ikkala yakkakurashchi ham bir-biriga o‘ta kuchli zarbalar berishdi va baravar qulab tushishda, lekin Mitrion darhol o‘ziga kelib Fodorga shiddatli zarbalar berishni davom ettirdi. Bir necha soniyadan so‘ng referi jangni to‘xtatishga majbur bo‘ldi.
Ushbu jang aslida fevral oyida bo‘lib o‘tishi kerak edi, lekin o‘shanda vrachlar Mitrionning jigarida tosh bor deb, jangni qoldirishgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Fodor Yemelyanenko uchun beshinchi mag‘lubiyat bo‘ldi. Umumiy hisobda esa bu 42 jang bo‘ldi. Mitrion esa 17ta jang o‘tkazib ulardan 12tasida g‘alaba qozondi.
Qo‘yida ushbu jang qanday bo‘lib o‘tgani haqida qisqa videolavhani tomosha qilishingiz mumkin.