Erdo‘g‘on Hayit namozi vaqti hushidan ketib qoldi

© AP Photo / Francois MoriPrezident Tursii Redjep Tayip Erdogan
Prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Erdo‘g‘on masjidga soat 05:20 da kelib fuqarolar bilan salomlashgan. Soat 06:00da prezident qo‘qqisdan o‘zini yomon his qilib qolgan.

TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Turkiya prezidenti Toyyib Erdo‘g‘on bung tongda Hayit namozi vaqti hushidan ketib qoldi, lekin ayni damda prezidenti o‘zini yaxshi his qilayapti, deb xabar qilmoqda Turkiyaning Hurriyet gazetasi.

"Men diabet kasalligi oqibatida kelib chiqqan qon bosimi oshishi tufayli o‘zimni yo‘qotdim. Ayni damda o‘zimni yaxshi his qilayapman.", — dedi Erdo‘g‘on jurnalistlarga.

Turkiya nashri xabariga ko‘ra, Erdo‘g‘on masjidga soat 05:20 da kelib fuqarolar bilan salomlashgan. Soat 06:00da prezident qo‘qqisdan o‘zini yomon his qilib qolgan. Avval uning oldiga tan soqchilar yugurib kelishgan, keyin shifokorlar kelishgan. Jurnalistlar ichkariga kiritilmagan. Prezident namoz tugaganidan keyin intervyu bergan.

Yangiliklar lentasi
0