Toshkentda 19 yoshli haydovchi keksa ayolni urib yubordi

© Sputnik / StringerMashina skoroy pomoshi
Mashina skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yoz oylarida, odatda YTHlar va ularda jabrlanuvchilar soni oshadi. Bunga birinchidan issiq ob-havoda haydovchilarning tez charchashi sabab bo‘lsa, ikkinchidan ko‘chalarda yozgi ta’til tufayli yosh bolalarning ko‘payishi sabab bo‘ladi.

TOShKENT, 25-iyun – Sputnik. Toshkentning Kichik halqa yo‘li va Bunyodkor ko‘chalari kesishuvida 19 yoshli “Matiz” haydovchisi 63 yoshli nafaqaxo‘r ayolni urib yubordi, deb xabar qilmoqda Toshkent IIBB YHXB.

Jabrlanuvchi ayol yopiq bosh-miya jarohati bilan Respublika tez tibbiy yordam markaziga joylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 21-iyunda Yunusobodning Axmad Donish ko‘chasida VAZ-2106 avtomobili haydovchisi 73 yoshli nafaqaxo‘rni o‘rib yuborgan va keksa yoshli kishi keyinroq kasalxonada vafot etgan edi.

Yangiliklar lentasi
0